Bizga qo'ng'iroq qiling
Ba`zan og`ir shikastlanish yoki og`riq odamda shunchalik kutilmagan tarzda yuz beradiki, u eng yaqin tibbiyot punktiga yetib borishga yoki vrach qabuliga kirishga hech qanday iloj topolmaydi. Darhol yordam kerak bo`ladigan holatlar ham bo`lib turadi. Shu kabi vaziyatlar uchun “Tez yordam” xizmati uzluksiz tarzda shay turadi.
Insonning jismoniy holati, ba`zan esa hayoti “Tez yordam” tibbiy guruhining chaqiriqqa qanchalik tez javob qaytarishiga va qanchalik tez yetib kelishiga bog`liq. Tez tibbiy yordam vrachi tomonidan bemorning birlamchi ko`rikdan o`tkazilishi va to`g`ri tashxis qo`yilishi ko`pincha tibbiyot xodimlarining keyingi qadamlarini, shuningdek, tayinlangan muolajaning samaradorligini belgilaydi. Shuning uchun kasalga kerakli onda barcha kerakli yordamni bera oladigan tajribali mutaxassislarga o`z vaqtida murojaat etish muhim.
Bizning tibbiyot markazimizda kasallarga “Tez yordam” xizmatlarini taqdim etish uchun barcha vositalar muhayyo: bemorlarni tashish uchun qulay furgonlar mavjud bo`lib, ularning zamonaviy texnik va tibbiy uskunalar bilan jihozlanganligi birinchi yordam ko`rsatishga va qiyin vaziyatlar va o`ta og`ir holatlarda organizmning hayotiy faoliyatini saqlab turishga yordam beradi; istalgan payt bemor yoki jabrlangan odam oldiga darhol yordamga otlanishga tayyor tajribali vrachlardan va tibbiyot ishchilaridan iborat bo`lgan professional guruhlar; dispetcherlik xizmatining zamonaviy uskunalar bilan jihozlanganligi tez tibbiy yordam guruhining ko`rsatilgan manzil bo`yicha yo`lga chiqishini tezkor tashkillashtirishga imkon yaratadi.
“Global Medical Center” shahar hududi va unga tutash tumanlarda “Tez yordam” xizmatini taqdim etadi.
Bemorlarni tez, xavfsiz va qulay tarzda tashish va shifoxonaga joylashtirish uchun “GMC” markazi maxsus jihozlangan HYUNDAI H-1 furgonlaridan foydalanadi. Furgonlarda CMS8000 bemor monitori, Cardio-Aid 360-B defibrilyatori, Shangrila510S o`pkani sun`iy ventilyatsiya qilish apparati va ECG300G elektrokardiograf o`rnatilgan, zambillar, shuningdek, kasalga shoshilinch yordam ko`rsatish uchun barcha kerakli asboblar va preparatlar ham shular jumlasidan.
“GMC” tez tibbiy yordam xizmatlari:
— tez tibbiy yordam ko`rsatish (“Tez yordam”ni chaqirish);
— bolalar uchun tez yordam;
— xomiladorlar uchun tez yordam;
— shifoxonaga joylashtirish;
— O`zbekiston bo`ylab bemorlarni tashish;
— kasal va jabrlanganlarni jo`natish;
— yo`lda tibbiy hamrohlik qilish;
— tadbirlarda tibbiy hamrohlik qilish;
— uyga psixiatrik yordam borishi;
— vrachni uyga chaqirish.
“Tez yordam” chaqirish uchun uzluksiz ishlovchi raqamlar: +998 71 200-11-42 yoki 1142