Baxtga qarshi ba`zida bemorlarda murakkab tashxislar ham bo`ladi, ba`zi kasalliklarni esa har doim ham ambulator sharoitlarda, ya`ni uyda yoki bemorning davolash muassasasiga qatnab muolaja olishi sharoitida samarali davolab bo`lmaydi. Yaqin orada operatsiya o`tkazilgan yoki shikastlangan hollarda, o`tkazib yuborilgan surunkali kasalliklar aniqlangan hollarda, shuningdek bemor og`ir holatda bo`lganda unga nafaqat doimiy qarov va mutaxassislarning kuzatuvi, balki bir kundan ko`p vaqtga cho`ziladigan uzoq terapevtik kompleks muolaja kerak bo`ladi. Buning uchun bizning tibbiyot markazimizda bemor butun muolaja davomida o`zi uchun qulay sharoitlarda yashashi mumkin bo`lgan maxsus statsionarlar nazarda tutilgan.
Bizning tibbiyot muassasamizda statsionarga joylashtirilgan bemorlarga uzluksiz tibbiy yordam va ularning parvarishini tashkillashtirish malakali mutaxassislar tomonidan zamonaviy va sifatli uskunalar yordamida amalga oshiriladi.
“Global Medical Center” klinikasi yuqori aniqlikka va samaradorlikka ega bo`lgan, eng so`nggi texnologiyalar va dunyo sifat talablariga mos tarzda ishlab chiqilgan eng yangi uskunalar mavjudligi bilan ajralib turadi. Bizda malakali va mas`uliyatli mutaxassislar – o`z ishining ustalari ishlaydi. Mas`ul tibbiyot xodimlari esa bemorlarimiz rejimi va muolaja olishlari bo`yicha barcha chora-tadbirlar haqida qayg`uradilar. Biz tibbiyot markazimizda statsionar sharoitida bo`lgan odamlarni samarali sog`lomlashtirish uchun yanada yoqimli muhit va qulay sharoit yaratishga harakat qilamiz.
Statsionardagi sharoitlar
Uzoq muddatli muolajadan o`tish uchun bizning markazimizda bemorlarga qulay sharoitlar yaratilgan. “GMC” statsionarida xoh bitta, xoh bir necha bemorlar uchun qulay palatalar mavjud. Shuningdek bizda vanna va sanuzl, muzlatgich, televizor bilan jihozlangan va Internetdan foydalanish imkoni bo`lgan VIP-palatalar bemorlar xizmatiga tayyor. Statsionar sharoitida muolaja olayotgan bemorlar maxsus zalda mehmonlarni qabul qilishlari, shuningdek, kafeteriyga tashrif buyurishlari mumkin. Bizning barcha bemorlarimizga kuniga to`rt mahal ovqat, har kungi xona tozalash va uzluksiz navbatchilik yordami ta`minlanadi. Bemorlar bu yerda klinika ishchilari va davolovchi vrachlarning doimiy kuzatuvida bo`lgan holda kompleks diagnostik tekshiruvlar va muolajalardan, zarur bo`lgan barcha tadbirlar va jarayonlardan o`tadilar. Bemorlarga eng yuqori sifatli xizmat ko`rsatish va alohida individual g`amxo`r munosabat – ularning tezroq shifo topib ketishlari garovidir.
“GMC” tibbiyot markazi statsionarlari – bu sifatli xizmat va g`amxo`r xodimlar, malakali vrachlar va uzluksiz yordam, qulay sharoitlar va xuddi uydagidek shinam muhit demakdir.
“Global Medical Center” statsionaridagi xizmatlar:
— kasalliklarni terapevtik davolash;
— jarrohlik operatsiyalari;
— reabilitatsiya va qayta tiklash muolajalari;
— kompleks diagnostik tekshirishlar;
— davolash-sog`lomlashtirish jarayonlari;
— keksalar uchun muolaja va kasallik profilaktikasi
Klinikamiz statsionar qismida 3 turdagi palatalar mavjud:
1. Standart palata – 480 ming so‘m-1kuniga (4ta o‘rinli 1 xonada)
2. "Polu-Lyuks" palatasi - 530 ming so'm-1kunga (2-3ta orinli 1 xonada)
3. “Lyuks” palatasi - 580 ming so‘m -1kunga (2 ta orinli 2 xonada)
Shuningdek, Xonalarning turidan qat'i nazar, sizga quyidagi xizmatlar ko'rsatiladi:
1. Davolash uchun zarur bo'lgan dori vositalarining yarmi qismi;
2. Kuniga 4 maxal ovqatlanish (bemorlarning davolanish ko'rsatkichlariga qarab turli xil);
3. Buloqdan olingan shifobaxsh xususiyatga ega mineral suvli vannalari, massajlar;
4. Hamma shifokorlar konsultatsiyasi uchun 50% chegirma;
5. Barcha kerakli fizioterapiyaning 80%. Kunlik to`lovlarning ichiga apparatlar va labaratoriya kirmaydi.
Qo'ng'iroq qiling, keling, davolaning.