Bizga qo'ng'iroq qiling

+998 71 200 55 50

Toshkent sh, Sirg'ali tumani Yangi Sirg'ali ko'chasi 35 uy
Ish tartibi
kechayu kunduz

Korporativ mijozlar

«Global Medical Center» Tibbiyot markazi korporativ mijozlarga maxsus kompleks xizmat ko`rsatish dasturlarini taklif etadi. Dasturlarning diagnostika va tibbiyot sohasidagi eng so`nggi yutuqlarni o`z ichiga olganligi har bir alohida xodim uchun o`ziga xos choralar va qulay sharoitlar yaratish imkonini berdi. Bizda malakali va mas`uliyatli mutaxassislar, o`z ishining ustalari ishlaydi, xizmat va tibbiy yordam sifati esa to`laligicha xalqaro standartlarga mos keladi.

Bizning tibbiyot markazimizning korporativ tashrif buyuruvchilari o`z ehtiyojlariga qarab xoh ambulator terapiya, xoh statsionar muolaja olishlari mumkin. Bizning statsionar mijozlarimiz muolaja olishlari uchun maxsus qulayliklar yaratilgan: bir yoki bir necha bemorlar uchun qulay palatalar; yanada qulay sharoitlari bilan ajralib turuvchi, vanna va sanuzl, muzlatgich, televizor bilan jihozlangan va Internetdan foydalanish imkoni bo`lgan VIP-palatalar. Xizmat ko`rsatish tarkibiga quyidagilar kiradi: to`rt mahal ovqat; xonani har kungi tozalash; uzluksiz navbatchi yordam. Shuningdek, bizda mehmonlarni qabul qilish uchun zal va kafeteriy ham mavjud. Statsionar sharoitda tibbiyot markazimizda barcha erakli tadbir va jarayonlarni o`zida jamlagan kompleks diagnostik tekshiruvlar va korporativ mijozlarning maxsus muolajasi o`tkaziladi.

«Global Medical Center» klinikasi o`z hamkorlariga aholi o`rtasida talab eng katta bo`lgan keng ko`lamdagi tibbiyot xizmatlarini taklif etadi, ambulator-poliklinika xizmatlari bo`yicha maxsus dastur, shuningdek, korxona va tashkilotlar xodimlariga kompleks xizmat ko`rsatish va dispanserizatsiya qilish dasturlari ham shular jumlasidan. Korporativ mijozlar uchun yaratilgan maxsus dasturlar sababli biz bilan hamkorlik qilish, jumladan doimiy asosda, ishonchli va foydalidir. Markazimizning tajribali va mas`uliyatli ishchilari sizning tashkilotingizda barcha muolaja va profilaktika choralari bajarilayotganligi hamda sizning xodimlaringiz sog`lig`i haqida qayg`uradilar. Bugungi kunda «Global Medical Center» klinikasida muolajani o`tash nafaqat sog`liq uchun foydali, balki yoqimli, obro`li va qulaydir.

Korporativ mijozlar uchun dasturlar

Bir yillik tibbiy xizmat ko`rsatishga tuziladigan shartnomaning foydali tomonlari

Sog`liqqa kompleks yondashuv

“Global Medical Center” ko`p profilli klinikasi sizning sog`lig`ingizga kompleks yondashuvni ta`minlaydi. Sizning xodimlaringiz tor profildagi muassasalarga borishga vaqt ketkazmagan holda bizda barcha kerakli bo`lgan, jumladan “tor” mutaxassislikdagi tekshiruvlardan ham o`tishlari mumkin, lozim bo`lganda birdan kompleks va samarali muolaja olish imkoni ham bor.

Bemorlar uchun shaffoflik va ochiqlik

Bizning mijozlarimiz vrach qabuliga nafaqat telefon, balki to`g`ridan-to`g`ri saytimizdagi “Xizmatlar” – “Vrachlar qabuli” bo`limi orqali ham yozilishlari mumkin. Buning uchun ro`yhatdan vrachni tanlash, uning ish jadvalini ko`rib bilish va saytdagi xat shakli orqali o`z ma`lumotlaringizni to`ldirib jo`natganingizdan so`ng qabuliga yozilishingiz kifoya.

Qulay aloqa usullari

Siz qayta qo`ng`iroq xizmatiga buyurtma berishingiz ham mumkin, bunda bizning operatorlarimiz kun davomidagi sizga qulay vaqtda siz bilan bog`lanadilar. Buning uchun saytimizdagi “Qayta qo`ng`iroq” tugmachasini bosish, ochilgan xat shaklini to`ldirib bizga jo`natish kifoya.

Natijalarning raqamli nusxalarini taqdim etish

Zamonaviy texnologiyalar va axborot tashuvchilar sog`liq holati va kasallik tarixi haqidagi ma`lumotni raqamli ko`rinishda saqlash imkonini beradi, bizning tibbiyot markazimiz ham mijozlarimiz qulayligi uchun ushbu imkoniyatdan foydalanadi. Yurtimizdagi va xorijdagi boshqa klinikalar vrachlarining maslahatlarini olish uchun “Global Medical Center”da olingan tekshirishlarning barcha natijalarini xohishga ko`ra CD-diskka yozib olish mumkin.

Sug`urta kompaniyalari va yuridik shaxslar bilan ishlash bo`limi:
Telefon raqamlar: 71 200-55-50
E-mail: info@globalmed.uz