Bizga qo'ng'iroq qiling
Fizioterapiya turli kasalliklarni tabiiy omillarning inson organizmiga jismoniy ta`siridan foydalangan holda davolash uslublarini taklif etadi.
Barchaga ma`lumki, ba`zi hollarda farmakologik preparatlarni qabul qilish nojo`ya ta`sir ko`rsatishi yoki allergiya yoki preparat va uning komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik, ovqat hazm bo`lishining buzilishi, qorin shishishi, ich qotishi, diareya, jigar yoki boshqa sog`lom organlarga ta`sir va hatto shunchaki dorining og`izdagi yoqimsiz ta`mi kabi noxush reaksiya va oqibatlarga olib kelishi mumkin. Fizioterapiya esa odatiy dori preparatlarini qabul qilishni ancha kamaytirishga imkon beradi, ba`zi hollarda esa organizmga tashqi foydali jismoniy ta`sir ko`rsatish hisobiga bunday muolajadan butunlay voz kechish yoki uning ta`sirini to`ldirish mumkin. Unga qo`shimcha tarzda aytish mumkinki, ba`zi muolaja jarayonlaridan o`tish nafaqat foydali, balki yoqimli bo`ladi. Ular bo`shashtirish, tinchlantirish va o`z vaqtida yangi hissiyotlar tuhfa etish xususiytiga ega. Muolajalar kerak joyida sog`lom organlarga zarar yetkazmagan holda organizmingizni sog`lomlashtiradi.
Fizioterapiya quyidagi sog`lomlashtruvchi davolash tartiblari kompleksini o`z ichiga oladi: issiqlik terapiyasi, elektroforez, nur yordamida muolaja, magnitoterapiya, СМТ-fizioterapiya, УВЧ, umumiy УФО, darsonval, ultratovushli ta`sir, elektromassaj, ingalyatsiya, amplipuls, cho`zish, manual terapiya va massaj.
Bu kabi davolash usullari aniqsa og`ir operatsiyalar, shikastlanishlar, jiddiy surunkali kasalliklarni boshidan o`tkazgan bemorlarga organizmning tezlashtirilgan reabilitatsiyasi va hayotiy tonusini oshirish maqsadida tayinlanadi. Ba`zi fizioterapevtik uslublarni qo`llashdan davolash natijalarini ushlab turish va mustahkamlash uchun profilaktika maqsadlarida va yanada yaxshiroq samaraga erishish uchun foydalanish mumkin.
Tabiiy omillarning organizmga ijobiy ta`siri sharofati bilan qon aylanishi, limfa aylanishi va tomir-muskul hissi yaxshilanadi, immunitet va metabolizm jarayonlari jadallashadi, to`qimalar regeneratsiyasi tezlashadi, organlarning normal ishchanligi tiklanadi va h.k.
Fizioterapiya uslublari osteoxondrozda, tanosil tizimidagi kasalliklarda, stomatologiyada va tibbiyotning boshqa ko`plab sohalarida keng qo`llaniladi.
Ammo, jarayonlarning og`riqsizligiga qaramay, bir qator qarshi ko`rsatmalar mavjud. Shuning uchun fiziomuolajaga kirishishdan oldin vrach bilan maslahatlashish juda muhim. Vrach puxta tekshiruvdan so`ng aynan sizga mos bo`lgan fizioterapiya kursini tayinlaydi.
“Global Medical Center” quyidagi reabilitatsion xarakterdagi xizmatlarni taklif etadi:
Cho`zish – tayanch-harakatlantiruvchi tizim (umurtqa)ni davolash usuli.
Umurtqani traksion cho`zishning bir necha xillari mavjud – quruq gorizontal va vertikal cho`zish, suvosti gorizontal va vertikal cho`zish, muskul relaksatsiyasi asosidagi cho`zish.
Uslubning mazmuni shundan iboratki, umurtqa odamning o`z vazni, qo`shimcha yuklar yoki maxsus apparatlar yordamida cho`ziladi (ilmiy tilda “traksiya”). Umurtqa ustunini cho`zish jarayon davomida umurtqa o`rtasidagi tirqishning kattalashishi tufayli siqilgan nerv tomirlarini, muskul to`qimalarini va qon tomirlarini bo`shatish imkonini beradi. Natijada siljigan umurtqalar o`z joyiga qaytadi, qon aylanishi yaxshilanadi, umurtqalarni o`rab turgan chuqur muskullar bo`shashadi, og`riq sindromlari va spazmalar o`tib ketadi. Jarayon va bosim tezligi zamonaviy uskuna tomonidan qat`iy nazorat qilinadi va tibbiyot xodimining sinchkov kuzatuvida bo`ladi. Bu bilan umurtqa ustuniga ehtiyotkorlik va asta-sekinlik bilan ta`sir o`tkazishga erishiladi va keskin bosim yoki shikastlanish xavfini yo`qqa chiqaradi. Bemor sog`lig`i uchun yanada ijobiy samaraga erishish maqsadida 10 va undan ko`p davolanish tartiblaridan iborat muolaja kursini o`tish tavsiya etiladi, negaki ta`sir bosqichma-bosqich, asta-sekinlik bilan bo`lishi lozim.
Jarayondan so`ng umurtqaga bosim berish bilan bog`liq ba`zi cheklash va tadbirlarga amal qilish juda muhim: og`ir yuk ko`tarish; sakrash yoki yugurish bilan shug`ullanish; umurtqa ustuniga rotatsion va o`q bo`ylab bosim beruvchi har qanday mashqlarni bajarish mumkin emas; muolaja davrida barcha og`ir jismoniy bosimlardan holi bo`lish lozim. Bu organizmga kasallikni oson va tez yengib o`tishiga yordam beradi va tayanch-harakatlantiruvchi apparatni sog`lomlashtirishga qaratilgan muolaja jarayonlarini sermahsul va xavfsiz o`tishiga imkon yaratadi.
Umurtqani cho`zish – davolashning juda samarali uslubi. Qator qarshi ko`rsatmalar mavjudligi sababli, u ko`plab belbog` kasalliklarida bemorni puxta tibbiy tekshiruvdan o`tkazgandan so`ng tayinlanadi. Qo`yilgan tashxisdan kelib chiqib vrach traksion cho`zish jarayonini bajarishning eng mos keladigan usulini tayinlaydi.
Lazeroterapiya – optik kvant generatorlari tomonidan ishlab chiqariladigan quyi tezlikdagi lazer nurlanishini qo`llashga asoslangan muolaja uslubi. Qizil va infraqizil lazer nurlanishlari organizmga bir bog` jamlangan nurning chuqur kirib borish yo`li bilan ta`sir etish samarasiga ega va tibbiyotning ko`plab sohalarida keng turdagi kasalliklarni davolashda qo`llaniladi. Terapevtik lazer nurlanishining asosi nur quvvatining yuqori biologik faolligidan va o`ziga xos fizikaviy va kimyoviy xususiyatlaridan foydalanishdan iborat. Nur yuqori spektral zichlikka ega bo`lib, odam organizmiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Shuningdek, bu qabul qilinayotgan dori preparatlari miqdorini kamaytirish, organlar regeneratsiyasini tezlashtirish va ularni tonusda ushlab turish imkonini beruvchi fiziojarayondir.
Lazeroterapiya davolash tartiblari to`qimalardagi fotokimyoviy va fotofizik jarayonlarni faollashtiradi, ularning qon bilan ta`minlanishini yaxshilaydi va kislorod bilan to`ydiradi, organizmdagi trofik va regeneratsiya jarayonlarini jadallashtiradi, shikastlanish o`chog`iga yallig`lanishga qarshi, shishlarni tarqatuvchi ta`sir ko`rsatadi, og`riq sindromini sustlashtiradi, qon quyulishini kamaytiradi, immun hujayralari vazifalarini faollashtiradi.
Lazeroterapiyani yurak qon-tomir kasalliklarida, dermatologik muammolar yuzaga kelganda, nevrologik buzilishlarda, nafas olish organlari patologiyalarida, oshqozon-ichak kasalliklarida, bo`g`imlar va umurtqa kasalliklarida, tanosil tizimi kasalliklarida, stomatologik patologiyalarda qo`llaniladi.
Tananing kerakli qismlariga maxsus yo`naltirilgan nurli nurlanish ta`siri teri qoplamiga zarar yetkazmay va odam tanasiga shikast yetkazmay bemor holatini juda yumshoq tarzda anchayin yaxshilashga yordam beradi. Lazeroterapiyaning afzalligi shundaki, jarayon og`riqsiz kechadi va shuningdek, profilaktika maqsadlarida ham qo`llanilishi mumkin, bunda sog`lomlashish jarayoni ancha tezlashadi va muolaja natijasining uzoq vaqt saqlananishi ta`minlanadi.
Optik diapazon (lazer)dan foydalanish sababli fiziojarayon og`riqsiz bo`lishiga qaramay, lazeroterapiya bir qancha qarshi ko`rsatmalarga ega, shuning uchun vrach ushbu davolash tartibini bemorni sinchiklab tekshirgandan so`ng tayinlaydi.
“Global Medical Center”da fizioterapiya uchun quyidagi uskunadan foydalaniladi:
— BTL-4000 Premium kombinatsiyalangan fizioterapiya apparati (elektroterapiya + ultratovushli terapiya moduli);
— BTL-6000 Combi fizioterapiya apparati (qisqato`lqinli terapiya moduli)
— BTL-6000 Combi fizioterapiya apparati (pressoterapiya moduli)
— cho`zish BTL — 16 PLUS;
— Ultratovushli terapiya apparati УЗТ — 1,01 Ф;
— lazeroterapiya- BTL 6000 COMBI;
— magnit BTL 4000/5000 Series;
— ampli puls -5 quyi xususiy fizioterapiya apparati;
— УВЧ-30,03;
— elektroson-ЭС 8М;
— elektroforez Поток-1;
— dorsenval Искра-1;
— nugabest;
— zarb-to`lqinli terapiya-5000/6000 SWT.