GLOBAL MEDICAL CENTER oziq-ovqat hazm qilish tizimini apparat va laboratoriya diagnostikasi uchun zamonaviy yuqori texnologik uskunalar bilan jihozlangan. Klinikamizda gastroenterolog - o'z ishining professionali - Maxmudova Mukkadam Turdiqulovna ishlaydi. To'g'ri tashxis qo'yish uchun ultratovushli, endoskopik, rentgenologik va funktsional tadqiqotlar keng qo'llaniladi, bular jumlasidan:
- Gastroskopiya. Gastroskopiya yordamida qizilo'ngach, oshqozon va o'n ikki barmoqli ichakning tekshiruvi qator kasalliklarni aniqlashning asosiy usullaridan biri hisoblanadi: surunkali gastrit, oshqozon yarasi, polip, oshqozon saratoni va boshqalar.
- Gastropanel. Oshqozon shilliq qavat holatiga oid dastlabki ma'lumotni olish uchun maxsus qon tekshiruvidan o'tish kerak bo'lishi mumkin. Test natijalari shifokorga gastroskopiya, shu jumladan, qo'shimcha tekshiruvni o'tkazish yoki diagnostika qilish imkonini beradi.
- Qorin bo'shlig'ining kompyuter va magnitli rezonans tomografiyasi (KT va MRT).
- Tahlillar. GMC Klinik Diagnostika laboratoriyasi tashxisni aniqlashtirish va diagnostika qilish uchun zarur bo'lgan keng doiradagi tahlillarni amalga oshiradi.
Agar siz qorin og'rig'i, ko'ngil aynishi yoki axlat buzilishi haqida xavotirda bo'lsangiz, bizning ko'p tarmoqli GMC tibbiyot markazida malakali mutaxassisdan maslahat olish imkoniyatidan foydalaning.