Allergiya yoki allergik reaktsiyalar - tananing immunitet tizimining ma'lum bir moddaga nisbatan yuqori sezuvchanligi, normal sharoitda odamlar uchun zararsizdir. Allergiya odamda turli xil belgilarga olib kelishi mumkin va u inson tanasida qaerda paydo bo'lishiga qarab, qanday har hil reaktsiyaga olib kelishi mumkin. Eng ko'p uchraydigan allergik reaktsiyalar:
- Qichishish, aks urish, burun tiqilishi, shishgan va suvli ko'zlar
- Lab, til, tomoq, butun yuz yoki allergen bilan aloqa qilgan hududning shishishi
- Anafilaktik shok
- Terining qizarishi va qichishi
- Hushdan ketish
- Nafas qisilishi
- Teri toshmasi
- Ko'ngil aynishi
Allergiya har xil bolishi mumkin. U oson va deyarli sezilmaydigan bo'lishi mumkin yoki odam uchun jiddiy reaktsiyalarni keltirib chiqarishi mumkin, bu esa og'ir asoratlar yoki o'limga olib kelishi mumkin.
Allergiyani bemor o'zi davolab ololmaydi. Chunki bu muammoni hal qilish tanangizning xususiyatlarini hisobga olgan holda chuqur tahlil qilish, dori vositalarini tanlash va individual davolanish bilan amalga oshiriladi. Allergologga murojaat qilishni e'tiborsiz qoldirmang, hech bo'lmaganda allergiya manbasi va uni qanday kamaytirish yoki davolash mumkinligi haqida ma'lumot olish uchun.
Klinikamizga murojaat qilganingizda, allergщдщп sizning holatingizni diqqat bilan o'rganib chiqadi, sizdan testlarni o'tkazishingizni va sababni aniqlash va tegishli davolanishni belgilash uchun ba'zi savollarga javob berishingizni so'raydi.
Qo'ng'iroq qiling, keling, davolaning.